+998 99 999-99-99
news_single
01.05.2024 Erkinboyev Ixtiyor 1300

Xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʻravonlikdan himoya qilish masalasi muhokama qilindi

Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy tizim yaratildi. Konstitutsiyamiz va kodekslarimizda, qonunlarimizda inson erki, qadr-qimmati eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlandi.

Inson huquqlarini taʼminlashning muhim koʻrsatkichlaridan biri xotin-qizlarning gender tengligini taʼminlashdir. Soʻnggi yillarida bu borada qator saʼy-harakatlar amalga oshirildi.

Jumladan, bir qator qonunlar bilan xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik holatlarining oldini olishning kuchli tizimi yaratildi hamda bunday turdagi harakatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.

Andijon mashinasozlik institutda oʻtkazilgan “Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mavzusidagi davra suhbatida ayni shu masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyat hududiy boʻlinmasi rahbari Farhodbek Ataxanov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari Zarnigor Qodirova, institut rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhtaramxon Haliqova hamda profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorovlar jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasizlik muhitini yaratish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida jamoatchilik nazoratini oʻrnatish borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Yangilik / E'lon