+998 99 999-99-99
news_single
01.05.2024 Erkinboyev Ixtiyor 547

Talaba-qizlar ishtirokida psixologik trening oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida Talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash loyihasi doirasida psixologlar Hilolaxon Qayumova hamda ANN MERGENSlar ishtirokida oʻz-oʻziga munosabatni yaxshilashga qaratilgan psixologik trening oʻtkazildi.

Unda Andijon mashinasozlik hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish institutlari talaba qizlari ishtirok etdi.

Trening davomida sogʻlom fikrlar, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, oʻzini namoyon etish sharoitlarini yaratish hamda oʻziga boʻlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʻz fikrini oʻzgalarga oʻtkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mashgʻulotlari davomida ishtirokchilar yaxshi ishlash, bilimli, oʻziga ishongan boʻlish hammaning ham orzusi ekanligi, aql boʻlmasa kuchdan foyda yoʻqligi, aql va xotirani mashq orqali rivojlantirish mumkinligi hamda hayotidagi quvonchli va muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, kelajakda shaxs sifatida mazmunli va erkin yashash toʻgʻrisida oʻz fikriga ega boʻlishdi.

Psixologlar tomonidan mavzu mohiyatini yanada tushunarli va qiziqarli boʻlishi uchun bir necha psixologik oʻyin, mashqlar oʻtkazildi.

Trening yakunida talaba-qizlarga psixologik tavsiya va maslahatlar berilib, pozitiv kayfiyat ulashildi.

Yangilik / E'lon